• eye Maxsus imkoniyatlar
Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi bilan uchrashuv
20.12.2019
1825
20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov O‘zbekiston bilan Qirg‘izistonning hamkorligi barcha yo‘nalishlarda, jumladan, saylov organlari o‘rtasida ham, mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

O‘z taraqqiyotining yangi, demokratik bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda bu yilgi saylovlarga tayyorgarlik ishlari bundan ikki yil avval boshlangan edi. O‘tgan davrda saylov qonunchiligi tubdan yangilanib, milliy tajriba va xalqaro standartlarga mos Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylov jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni saylovchilar, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, ommaviy axborot vositalari hamda kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari kengaytirildi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali saylov jarayonlarini boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda. Saylov jarayonlarini to‘qqizta nufuzli xalqaro tashkilotlar, dunyoning ellikka yaqin davlatlaridan 825 nafar xalqaro kuzatuvchilar hamda yuzlab mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yirik ommaviy axborot vositalarining vakillari bevosita kuzatib borayotir.

-“Parlament saylovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilganining guvohi bo‘layapmiz. Saylov qonunchiligida ham bir qator o‘zgarishlar sezilmoqda. Bu yilgi saylovlarga yangi Saylov kodeksi asosida demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilgani xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos keladi. Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatining shakllantirilgani ham e’tiborga molik jihatlardan biri. Umid qilamizki, mamlakatingizdagi har bir fuqaro saylash huquqidan to‘liq foydalanib, O‘zbekiston kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shadi”- dedi Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova.

Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan tashrif buyurgan Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi vakillari 22 dekabr kuni mamlakatimizda o‘tajak saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Markziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati