• eye Maxsus imkoniyatlar
Siyosiy partiyalarning so‘nggi debati qizg‘in ruhda o‘tdi
20.12.2019
1697
Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar tomonidan 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etish uchun qizg‘in saylovoldi tashviqoti o‘tkazildi.

Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar tomonidan 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etish uchun qizg‘in saylovoldi tashviqoti o‘tkazildi. Xalqaro matbuot markazi viloyat bo‘limi, siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning televideniye va radio, matbuot, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda 7 mingdan ziyod chiqishlari amalga oshirildi. 

Bugungi demokratik debatda siyosiy partiya va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar, jurnalistlar saylovoldi tashviqoti jarayonida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilarni qanchalik qamrab olganliklari, tarafdorlarining kayfiyati, ularning qo‘llab-quvvatlashi qay darajada ekanligi yana bir bor muhokama qilindi.

Debatda MDH davlatidan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etib, partiyalarning o‘zaro siyosiy kurashlari guvohi bo‘ldi.