• eye Maxsus imkoniyatlar
Buyuk Britaniya Parlamenti a’zosi Djon Grogan bilan uchrashuv
21.12.2019
2739
2019 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekistonga saylovlarni kuzatish maqsadida kelgan Buyuk Britaniya Parlamenti Palatasi a’zosi Djon Grogan Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.

2019 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekistonga saylovlarni kuzatish maqsadida kelgan Buyuk Britaniya Parlamenti Palatasi a’zosi Djon Grogan Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari M.Istamov mehmonni Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan joriy yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va yangiliklar bilan tanishtirdi.

Muloqot chog‘ida saylov kampaniyasi ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga asosan saylovni kuzatishda jami 825 nafar xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari akkreditasiyadan o‘tkazilganligi, 9 ta xalqaro tashkilot va 41 ta xorijiy davlat vakillari ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati