• eye Maxsus imkoniyatlar
Jon GROGAN: O‘zbekiston to‘g‘ri rivojlanish yo‘lini tanlagan
21.12.2019
1588
Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Buyuk Britaniya parlamenti Leyboristlar partiyasi a’zosi Djon GROGAN O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Buyuk Britaniya parlamenti Leyboristlar partiyasi a’zosi Djon GROGAN O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

– O‘n kun oldin Buyuk Britaniyada ham saylovlar bo‘lib o‘tdi. Shundan kelib aytmoqchimanki, ertaga O‘zbekistonda tarixiy kun bo‘ladi. Saylovlarga ko‘rilgan tayyorgarlik menda yuqori taassurot qoldirmoqda. Umid qilamanki, ertangi saylovlar kutilganidek o‘tadi.

Saylovlarda saylovoldi tashviqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli saylovoldi debatlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari aniq maqsadli dasturlar asosida, ishonchli o‘tgani maqsadga muvofiq. Kim o‘ylabdi deysiz, bundan besh yil oldin O‘zbekistonda bunday demokratik o‘zgarishlar bo‘ladi, deb. Ertangi saylovlar ham islohotlarga hamohang tarzda demokratik tamoyillar, xalqaro standartlar asosida o‘tishiga umid bildiraman.

Shu bilan birga aytmoqchimanki, kelajakdagi saylovlarda partiyalar soni yanada ko‘payadi. Bu esa haqiqiy raqobat muhitini yanada oshiradi.

Bularning barchasi O‘zbekiston to‘g‘ri rivojlanish yo‘lini tanlaganidan dalolat. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda mintaqaviy hamda global integrasiyalashuv jarayoni bo‘ldi. Bu demokratik islohotlar, iqtisodiyotni liberallashtirish, inson huquqlarini ta’minlash sohasida ham o‘z samarasini bermoqda. Demokratik islohotlarning borishida OAVning alohida o‘rni bor.