• eye Maxsus imkoniyatlar
Faxriddin Qoratoyev: O‘zbekistonda bo‘layotgan yaxshi o‘zgarishlarni Qozog‘iston xalqi ham ezgu niyat bilan qarshi oladi
21.12.2019
1733
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputati Faxriddin Qoratoyev O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputati Faxriddin Qoratoyev O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

– O‘zbekistonga har safar kelganimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni, odamlar qalbidagi quvonchni ko‘ramiz. Chunki O‘zbekistonda juda katta islohotlar bo‘layapti. Bu yilgi saylovlar o‘zgacha ruhda, yangicha tamoyillar asosida o‘tishi kutilmoqda.

Xalqaro kuzatuvchilarning o‘zaro suhbatida ham ana shu o‘zgarishlar alohida e’tirof etilmoqda. Shunday ekan bu jarayon xalqni birlashtiradi, partiyalarni faollikka chorlaydi. O‘z navbatida, bu yilgi saylovlar O‘zbekiston kelajagini belgilab beradigan muhim siyosiy hodisa bo‘lishiga shubha yo‘q.

Yana bir e’tiborli jihat, O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlardir. Bu saylovlarda xotin-qizlar faolligi ham yaqqol ko‘zga tashlanayotganida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yoshlar ham befarq emas.

Biz Qozog‘istonda turib ham “Oʻzbekiston-24” telekanali orqali saylovlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib bordik. Shu o‘rinda aytish kerakki, O‘zbekistonda bo‘layotgan yaxshi o‘zgarishlarni Qozog‘iston xalqi ham ezgu niyat bilan qarshi oladi. Chunki qardosh xalq sifatida O‘zbekiston erishayotgan yutuqlar bizga ham bevosita daxldordir va bu xalqlarimizni jipslashtiradi.

Mamlakatimiz Prezidentlari tashabbusi bilan 2018 yili Qozog‘istonda O‘zbekiston yili nishonlandi. Bu yil O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tayapti. Bunday tadbirlar madaniyat, ma’rifat, tadbirkorlik, innovasiya kabi sohalarda hamkorlikni mustahkamlaydi, yoshlarimiz do‘st bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ertangi bo‘ladigan saylov O‘zbekiston xalqini birlashtirishga, mamlakat taqdiri uchun birgalikda qayg‘urishga undaydigan tadbir bo‘lishiga ishonamiz.

Abdulaziz Musayev, O‘zA