• eye Maxsus imkoniyatlar
Georgiy Kvirikashvili: O‘zbekiston dunyoga yuz tutmoqda
21.12.2019
1746
O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YeTTBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi bo‘yicha maslahatchisi Georgiy KVIRIKASHVILI O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YeTTBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi bo‘yicha maslahatchisi Georgiy KVIRIKASHVILI O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

– O‘zbekistondagi saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish, shaxsan men uchun katta sharaf, chunki keyingi yillarda O‘zbekiston dunyo ko‘z o‘ngida keskin o‘zgardi. Men ham mamlakatda kechayotgan qizg‘in jarayonlar, ijobiy o‘zgarishlardan yaxshi xabardorman.

Yaxshi esimda, uch yil oldin YeTTB maslahatchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimda, mamlakat rahbari O‘zbekiston xalqaro maydonda ochiq siyosat yuritishga, dunyoga yuz tutishga tayyorligini bildirgan edi.

Hozirgi paytga kelib, O‘zbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha boshlaganini ko‘ryapmiz. Mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib, xursand bo‘lyapmiz. Ayni chog‘da YeTTB O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan izchil muloqotni, o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirishni maqsad qilib, bu borada institusional platforma tashkil qilish ustida birgalikda ish olib bormoqdamiz.

O‘zbekistonda erishilayotgan yutuqlar dalili sifatida bir misol keltirmoqchiman. Bugun ertalab Britaniyaning “Iqtisodchi” jurnalida bir ma’lumot chop etildi. Ya’ni, O‘zbekiston “Yil mamlakati” deb e’tirof etilgani e’lon qilindi. Demak, O‘zbekistonning natijalari dunyo miqyosida ham tan olinmoqda.

So‘zim so‘ngida saylovlarga xalqaro kuzatuvchi sifatida taklif etgani uchun mamlakat hukumatiga minnatdorlik izhor etaman.

O‘zbekistondagi saylovlar kutilganidek yuqori saviyada o‘tishiga aminman.

A.MUSAEV, T.MAMADAMINOV (surat) O‘zA