• eye Maxsus imkoniyatlar
Gulmira Isimbayeva: O‘zbekistonda saylovlarga yuqori darajada hozirlik ko‘rilgan
21.12.2019
1773
Oliy Majlis Senatida 21 dekabr kuni mamlakatimiz parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchisi, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi o‘rinbosari Gulmira Isimbayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senatida 21 dekabr kuni mamlakatimiz parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchisi, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi o‘rinbosari Gulmira Isimbayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchisi O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

– MDH Parlament Assambleyasi O‘zbekistonda saylov jarayonlarini kuzatish uchun ilk bor o‘z delegasiyasini jo‘natdi. 37 kishidan iborat kuzatuvchilar tarkibi deputatlar, parlament a’zolari, kotibiyat vakillaridan tashkil topgan. Tashrif doirasida kuzatuvchilar mamlakatingizning turli viloyatlarida, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlarida bo‘lib, saylovning o‘tishini kuzatadi, bu bo‘yicha o‘z baholarini berishadi.

Bu galgi saylovlar qabul qilingan yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tmoqda. Shu ma’noda ushbu jarayonlar O‘zbekiston xalqi hayotida muhim ahamiyatga ega. Qayd etish kerak, saylovlarga yuqori darajada hozirlik ko‘rilgan. O‘tgan tadbir va muhokamalar, debatlarda ochiq bahs-munozaralarga guvoh bo‘ldik.

O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy yangilanishlar fuqarolarning qonuniy manfaatini himoya qilish, farovon turmush kechirishini ta’minlashga qaratilgan. Joylarda tashkil etilayotgan uchrashuvlarda ham mahalliy aholi buni alohida qayd etmoqda, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalaridan mamnun ekanini quvonch bilan so‘zlab beryapti.

O‘zA muxbiri Saidmurod Rahimov yozib oldi