• eye Maxsus imkoniyatlar
Klod Leblans: “Yangi O‘zbekistonga mos saylovlarni kuzatish imkoniga egamiz”
21.12.2019
1491
Klod Leblans – fransuz jurnalisti. Fransiyada nashr etiladigan “LʼOpinion” gazetasi tahririyatida “Osiyo” bo‘limi mudiri va muharrir bo‘lib ishlaydi.

Klod Leblans – fransuz jurnalisti. Fransiyada nashr etiladigan “LʼOpinion” gazetasi tahririyatida “Osiyo” bo‘limi mudiri va muharrir bo‘lib ishlaydi.

“LʼOpinion” gazetasi – fransuz tilida chiqadigan navqiron, ancha ommabop, mustaqil kundalik axborot nashridir. Uning nomlanishi o‘zbek tilida “Munosabat” degan ma’noni anglatadi.

“LʼOpinion” gazetasi sahifalarida asosan Yevropa mintaqasi manfaatlariga doir masalalar, xususan, Fransiya biznesi va iqtisodiy hayotining kundalik muammolari liberal qarashlar negizida yoritib boriladi.

Klod Leblansning bo‘limi gazeta axborot maydonini Osiyo qit’asi yangiliklari bilan to‘ldirib boradi. Bunda Klodning bir muddat Yaponiya, Xitoy kabi mintaqaning yetakchi mamlakatlarida ishlab kelgani muhim rol o‘ynamoqda.

Klod Leblans 21 dekabr kuni Toshkentga keldi. Fransuz jurnalisti O‘zbekistonga tashrifi doirasida “So‘nggi yillarda mamlakatda muhim islohotlar amalga oshirilayotgani tufayli vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargan” degan fikrga shaxsan guvoh bo‘lganini qayd etdi.

– Eng asosiysi, tashrifim boshidanoq yangi O‘zbekistonga mos saylovlarni kuzatish imkoniga ega bo‘lmoqdaman, – dedi Klod Leblans. – Bu saylovlar, umuman olganda, O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va shiddatli islohotlar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi farovon turmush kechirishini ta’minlashga qaratilgan.

K.Leblans saylovda ovoz berish jarayonlarini kuzatish uchun tongda Samarqandga yo‘l oldi.

 

Gʻulom MIRZO