• eye Maxsus imkoniyatlar
Sergey Lisovskiy: Bu galgi saylovlarda ko‘p narsa o‘zgardi
21.12.2019
1629
MDH Parlamentlararo Assambleya hamda SHHT kuzatuvchi missiyasi vakili, Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi deputati Sergey Lisovskiy jurnalistlarga intervyu berdi.

MDH Parlamentlararo Assambleya hamda SHHT kuzatuvchi missiyasi vakili, Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi deputati Sergey Lisovskiy jurnalistlarga intervyu berdi:

– Mamlakatingizda bundan oldin tashkil etilgan saylovlarda ham xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashganman. O‘shanda ko‘plab uchastkalarda, xususan, Toshkent shahrida, oliy o‘quv yurtlarida, olis tumanlarda ham bo‘lganmiz. O‘zbekistonda saylovlar qiziqarli kechadi, ayniqsa, yoshlar faolligi yaqqol seziladi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston va Rossiyadagi saylov jarayonlarini taqqoslayman. Yoshlarning faolligi har qanday mamlakat kelajagini belgilashda muhim o‘rin tutadi.


O‘zbekiston xalqi har bir ishni yurakdan bajarishni xush ko‘radi. Shu bois kuzatuvchilarda fuqarolarning saylovlarda o‘zlari xohlagan nomzodga ovoz berishlari bilan bog‘liq salbiy tasavvurlar bo‘lishiga ishonmayman.

Qolaversa, bu galgi saylovlarda ko‘p narsa o‘zgardi. Saylovchilarning siyosiy ongi oshgani yaqqol sezilyapti. Bu O‘zbekiston qonunchiligidagi yangiliklar, jumladan, fuqarolarning saylash va saylanish huquqlarini xalqaro standartlar darajasida mustahkamlash yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlar mahsulidir.

O‘zA