
Bugun, 4 oktyabr kuni soat 8:00 dan Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining bo‘shab qolgan “4-Amir Temir”, “20-Yangiobod”, “22-Yangiyer”, “30-Abduxoliq Gʻijduvoniy” saylov okruglarida saylov jarayonlari boshlandi.
Saylovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 1033-sonli qaroriga asosan bo‘lib o‘tmoqda.
MSK Matbuot xizmati