
Xabar qilinganidek, bugun - 4 oktyabr (yakshanba) kuni saylov okruglarida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlik o‘rinlariga ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat kengashi: 20-Dasht, 45-Jar va 50-Gʻ.Gʻulom saylov okruglari, tuman va shahar kengashlari: 19-Mustaqillik, 27-Ulug‘bek, 27-Loyqasoy, 5-Potron, 8-Qovchin, 9-Omontepa, 28-Hilol, 7-Navruz, 15-Chuqun va 19-Darxon, jami 13 ta saylov okrugida saylovchilar o‘zi munosib ko‘rgan nomzodlarga ovoz berishmoqda.
Mazkur viloyatda ham saylovlar pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani sababli, barcha saylov uchastkalariga tibbiyot xodimlari, jamoat tartibini va xavfsizligini saqlash uchun masullar biriktirilgan.
MSK Matbuot xizmati