• eye Maxsus imkoniyatlar
Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi
11.10.2020
1454
Joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 6:00 da Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi.

Joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 6:00 da Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi.

Tojikiston saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovlarni o‘tkazish uchun 68 ta saylov okrugi, mamlakat ichida 3375 ta va xorijda 39 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Tojikiston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra ovoz berish uchun 4 943 289 nafar saylovchilar ro‘yxatga olingan.

Saylov jarayonlarini turli xalqaro tashkilotlardan 150 ga yaqin xorijiy kuzatuvchilar kuzatib borishmoqda. Shuningdek 276 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV vakillari saylovlarni yoritib boradi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti saylovlarining dastlabki natijalari ovoz berish tugagandan keyin 24 soat ichida, yakuniy natijalar esa saylovlar tugagandan keyin ikki haftadan kechiktirmay e’lon qilinadi.

Tojikistonda joylashgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari  20:00 gacha davom etadi. Bu haqida Tojikiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.