• eye Maxsus imkoniyatlar
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
18.10.2020
1387
Joriy yilning 18 oktyabr kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 3 ta okrugida, shahar va tumanlar Kengashlarining esa 8 ta okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, saylovni tayinlash haqidagi qaror qabul qilinishidan avval 12 ta saylov okrugi hududining epidemiologik xaritasi ishlab chiqilib, maxsus komissiyaning xulosasi olingan.

Bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan me’yorlar, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishga alohida eьtibor qaratilgan.

Jumladan, har bir uchastka saylov komissiyasida saylovchilar va saylov tashkilotchilarini himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni kasallik yuqtirib olishini oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlar belgilangan.