Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Boriy Batirovich Alixanov hamda 82-Sho‘rchi saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Nariman Madjitovich Umarovlarning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2020 yil 20 oktyabrdagi Farmoniga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Alixanov Boriy Batirovich va Umarov Nariman Madjitovichlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib ro‘yxatga oldi.