• eye Maxsus imkoniyatlar
2020 yilni 25 oktyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga o‘tkaziladigan saylov bo‘yicha AXBOROTI
25.10.2020
1403

2020 yilni 25 oktyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga o‘tkaziladigan saylov bo‘yicha

 

AXBOROT

 

Pop tumani bo‘yicha:

Pop tumanida 4 ta saylov okruglaridagi 8 ta saylov uchastkalarida saylov o‘tkaziladi. Mazkur saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni 21071 nafarni tashkil etadi.

Tumandagi barcha saylov okrug va uchastkalarda Panemiya sharoitida saylov o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan antiseptik vositalar bilan ta’minlangan.

8-Marg‘izor saylov okrugidagi 2 ta saylov uchastkasi (340- va 341-saylov uchastkalari) saylovchi soni 5416 nafarni tashkil etadi.

9-Xo‘jaobod saylov okrugidagi 2 ta saylov uchastkasi (366- va 367-saylov uchastkalari) saylovchi soni 5012 nafarni tashkil etadi.

11-Yangiobod saylov okrugidagi 2 ta saylov uchastkasi (342- va 343-saylov uchastkalari) saylovchi soni 5311 nafarni tashkil etadi.

25-Madaniyat saylov okrugidagi 2 ta saylov uchastkasi (361- va 362-saylov uchastkalari) saylovchi soni 5332 nafarni tashkil etadi.

 

Kosonsoy tumani bo‘yicha:

 

Kosonsoy tumanida 1 ta saylov okrugidagi 2 ta saylov uchastkalarida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Mazkur saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni 5183 nafarni tashkil etadi.

Tumandagi barcha saylov okrug va uchastkalarda Panemiya sharoitida saylov o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan antiseptik vositalar bilan ta’minlanishi bo‘yicha tuman saylov komissiyasi raisi Q.Inomovdan so‘ralganda 25 oktyabr kuni ertalab tuman hokimligi tomonidan maska, perchatka va antiseptik suyuqlik olib kelinishini ta’kidladi. 18 oktyabr kungi  1-Baxoriston saylov okrugidagi 2 ta saylov uchastkasi (148– va 149–saylov uchastkalari) saylovchi soni 5416 nafarni tashkil etadi.

Takroriy ovoz berish eng yuqori ovoz to‘plagan quyidagi 2 nafar nomzodlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Xamdamov Ilxomjon – O‘zMTDP a’zosi (o‘tgan saylovda 31 % ovoz to‘plagan);

Sherov Sherzod – O‘zLiDeP a’zosi (o‘tgan saylovda 25 % ovoz to‘plagan).

Saylovlar 20:00 ga qadar davom etadi.