• eye Maxsus imkoniyatlar
Dunyoning bir qator Saylov organlari vakillari Butunjahon saylov organlari assosiasiyasining onlayn o‘quv kurslarida ishtirok etdilar
29.10.2020
1732
2020 yilning  20 oktyabrdan 28 oktyabrgacha Butunjahon saylov organlari assosiasiyasining (A-WEB) saylov boshqaruvi salohiyatini oshirish dasturi asosida "Ijtimoiy tarmoqlar va saylovlarni boshqarish organlari" mavzusida  onlayn o‘quv kurslar  tashkil etildi. Onlayn o‘quv kursi tashkilotchisi - Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi (A-WEB) hisoblanadi.

2020 yilning  20 oktyabrdan 28 oktyabrgacha Butunjahon saylov organlari assosiasiyasining (A-WEB) saylov boshqaruvi salohiyatini oshirish dasturi asosida "Ijtimoiy tarmoqlar va saylovlarni boshqarish organlari" mavzusida  onlayn o‘quv kurslar  tashkil etildi. Onlayn o‘quv kursi tashkilotchisi - Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi (A-WEB) hisoblanadi.

Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi - 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 105 mamlakatdan 110 dan ortiq a’zo tashkilotlarga ega bo‘lgan dunyodagi saylovlarni boshqarish organlarining eng yirik uyushmalaridan biri hisoblanadi.

Dunyo bo‘ylab saylov demokratiyasini mustahkamlash maqsadida A-WEB demokratik saylovlarni boshqarish va saylov jarayonlarining so‘nggi tendensiyalari, muammolari va o‘zgarishlarini aniqlashga, saylovlarni boshqarish organlari o‘rtasida tajriba almashishga ko‘maklashadi.

O‘quv kursining maqsadi – A-WEBga a’zo mamlakatlar saylovlarini boshqarishga qaratilgan ta’lim dasturiga muvofiq saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalarining o‘zgaruvchan roli va imkoniyatlariga, buning natijasida  kelib chiqadigan muammolar va yechimlarga qaratildi. 

O‘quv kurslari Koreya demokratik fuqarolik ta’limi instituti, Koreya Respublikasining Milliy Saylov Komissiyasi va Koreya rivojlanish strategiyasi instituti mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Onlayn o‘quv kurslari ishtirokchilarga ma’ruzachilar tomonidan “Koreya Milliy Saylov Komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati”, “Harakatlar rejasi dasturi”, “Dizinformasiya (bexabarlik)”, “Ijtimoiy tarmoqlar va saylovlarning yaxlitligi”, “Internet-saylov yangiliklarini muhokama qilish komissiyasining javobgarligi”, “KMSK saylovlar bo‘yicha kiber jinoyatchilik markazining roli” mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Koreya Respublikasining Milliy saylov komissiyasi vakili Kim Su-Yon  tomonidan qayd etilganidek, Milliy saylov komissiyasining asosiy funksiyasi saylovlarni boshqarish (nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ovoz berish, hisoblash va boshqalar), saylov jarayonlari bilan bog‘liq qonunbuzilishlarini aniqlash (surishtiruv, tergov, javobgarlikka tortish va boshqalar), saylovchilar faolligini ta’minlash (turli xil ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda saylovchilar faolligini oshirish uchun reklama berish, tashviqot tadbirlarini o‘tkazish) kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi.
 
Koreya Respublikasining Milliy saylov komissiyasi vakili Ti sun Park (Tea –soon Park) ijtimoiy tarmoqlar va saylovni tartibga soluvchi organlar uchun xarakatlar rejasini tuzish va uning ustida ishlashda ahamiyatli bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, harakatlarni o‘rganish bir vaqtning o‘zida ham yakka ham jamoaviy ravishda ma’lum bir muammo ustida ishlash, yechim izlash, chora ko‘rish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bu nafaqat "o‘tirish va tinglash" mashg‘uloti, balki insonlarning o‘z ish joylarida turgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan fikr va g‘oyalarni amalga oshirish jarayonidir.

Onlay o‘quv kurslarida Koreya, Fidji, Kambodja, Papua-Yangi Gvineya, Solomon orollari hamda O‘zbekiston  Respublikasining saylov organlari Matbuot xizmati vakillari  ishtirok etdi.

Onlayn o‘quv kursi ishtirokchilari kurs davomida saylovlarni boshqarish jarayonida ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgandilar. O‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.

Markaziy saylov komissyasi
Matbuot xizmati