• eye Maxsus imkoniyatlar
Gruziyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi
01.11.2020
1512
Gruziya Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 31 oktyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari bo‘yicha dastlabki natijalarni e’lon qildi.

Gruziya Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 31 oktyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari bo‘yicha dastlabki natijalarni e’lon qildi.

Shunday qilib, yetakchi o‘rinni “Gruziya orzusi-Demokratik Gruziya” partiyasi egalladi. Partiya uchun 48, 05 foiz  saylovchi ovoz bergan. Muxolif partiya – “Yagona milliy harakat” blogi 27,07 foiz saylovchilarning ovozini qo‘lga kiritdi.

Saylov uchastkasidan olingan ovozlar qayta ishlangandan so‘ng  Gruziya parlamentiga kiradigan partiya va bloglar nomi ma’lum bo‘ldi. Ular “Gruziya orzusi”, “Yagona milliy harakat”, Yevropacha Gruziya”, “Vatanparvarlar Alyansi”, “Lelo”, “Agmashenebeli strategiyasi”.

MSK raisi Tamar Jvaniyaning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar tinch muhitda bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz Gruziyada parlament saylovlari aralash tizim asosida o‘tkazildi. Saylovlarda jami 48 ta partiya va 2 ta blog ishtirok etgan. Gruziya parlamenti tarkibi 4 yilga saylandi.