• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari Moldovada prezidentlik saylovlarini kuzatib bormoqda
01.11.2020
2549
Joriy yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod kurash olib bormoqda. Ular “Bizning partiyamiz”siyosiy partiyasidan Renato Usaty, “DA Platformasi” partiyasidan Andrey Nestase, Liberal-demokratik partiyasidan Tudor Deliu, Mustaqil nomzod (amaldagi prezident) Igor Dodon, “Shor” partiyasidan Violetta Ivanova, “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)dan Mayya Sandu, “Milliy birlik” partiyasidan Oktavian Sыku va  “UNIREA” saylov blokidan Dorin Kirtoakelar.

Saylovchilarning davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning umumiy soni  3 million 287 ming 140 nafar saylash huquqiga ega shaxslarni tashkil etadi.

Ovoz berish kuni jami 2143 ta saylov uchastka ochildi. Ularning 139 tasi xorijda, 42 ta saylov uchastkasi esa Sharqiy Yevropadagi Dnestr ko‘lining chap qirg‘og‘ida joylashgan.

Moldova Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov uchastkalarida ovoz berish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, barcha 2143 ta ochiq saylov uchastkalari epidemiyaga qarshi vositalar bilan ta’minlangan. Xususan himoya niqobi, qo‘lqop, termometr, qo‘lni tozalash va dezinfeksiyalash vositasi sotib olingan.

Komissiya a’zolari saylovchidan shaxsiy guvohnomani tekshirish jarayonida  uning niqobini qisqa vaqtga olib tashlashni so‘rashi mumkin. Shundan so‘ng fuqaro saylovchilar ro‘yxatiga imzo chekishi kerak bo‘ladi.

Prezident saylovlarini ikki mingga yaqin milliy kuzatuvchi va 300 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi jumladan, O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari ham saylovlarni bevosita kuzatib bormoqda.

Joriy yilning 31 oktyabr kuni Moldova Markaziy saylov komissiyasida Komissiya raisi Dorin Chimil va O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari X.Mamatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda berilgan ma’lumotga ko‘ra, saylovlarda jamoat xavsizligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligidan 6 minga yaqin va axborot xavsizligini himoya qilish bo‘yicha mingga yakin mutaxassislar jalb etilgan.

Shuningdek, barcha saylov uchastkalarida videoyozuv tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Videoni yozib olish tizimi internetga ulanmagan, faqat saylov kuni saylovchilar yo‘qligida saylov tartiblarini kuzatib borish uchun ishlaydi. Ular saylov uchastkasini ochish bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari (saylov qutilarini muhrlash, saylovchilar ro‘yxati, saylov byulletenlari, shtamplar mavjudligini tekshirish) boshlanganida ishga tushadi va saylov uchastkasi ochilganida to‘xtatiladi.

Moldova saylov qonunchiligiga ko‘ra, davlat rahbari mutlaq ko‘pchilikning ikki bosqichli tizimi asosida saylanadi. Agar birinchi bosqichda biron bir nomzod 50 foizdan ortiq ovozni ololmasa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ikkinchi bosqich tashkil etilsa u 15 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati