Afrikaning Tanzaniya davlatida 28 oktyabrda prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar prezident lavozimiga 15 nomzoddan birini tanlashlari kerak edi. Saylovlarda amaldagi prezident Jon Magufuli ham ishtirok etdi.
Saylovlar mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Zanzibar arxipelagi orollarida muddatdan oldin ovoz berish vaqtida yuz bergan to‘qnashuvlar ortida keskin vaziyatda o‘tdi.
Mamlakatda ro‘yxatga olingan 29 mln saylovchi prezident lavozimiga 15 nomzoddan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Saylovlarda amaldagi prezident Jon Magufuli ham ikkinchi muddat uchun kurash olib bordi. Uni Tanzaniyadagi hukmron Inqilob partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu partiya nomzodlari 1995 yildan beri barcha saylovlarda g‘alaba qozonib keladi.
Magufulining prezidentlik lavozimi uchun kurashdagi asosiy raqibi muxolifat yetakchisi va parlamentning sobiq deputati Tundu Lisu hisoblanadi. Uning nomzodi yetakchi muxolif partiyalar tomonidan ilgari surilgan. Lisu 2017 yilda Tanzaniya poytaxti Dodomada hayotiga suiqasd qilinishi vaqtida olgan og‘ir jarohatlardan so‘ng o‘nglanib, iyul oyida Belgiyadan Tanzaniyaga qaytgan.
Tanzaniyada prezident saylovlarida ko‘pchilik tizimi amal qilib, eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘alaba qozonadi. Saylovlar o‘tishi ortidan Afrika ittifoqi delegasiyasi kuzatuv olib bordi.
Afrika davlatida prezident saylovlari bilan bir vaqtda bir palatali parlamentga saylovlar o‘tdi. Unda 393 deputatlik o‘rni uchun kurash olib borildi.