• eye Maxsus imkoniyatlar
Siyosiy partiyalarning saylovlarda tashqi reklama va elektron monitorlardan bepul foydalanish tartibi bekor bo‘lishi mumkin
05.11.2020
2026
2019 yilgi saylovlarda OAVda, Internet sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952 ta tashviqot materiallari e’lon qilindi.

2019 yilgi saylovlarda OAVda, Internet sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952 ta tashviqot materiallari e’lon qilindi.

Ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini tarqatish uchun barcha tumanlar va shaharlar bo‘ylab har bir partiya uchun 225 donadan jami 1 120 ta tashqi reklama vositalari, shuningdek tashviqot roliklarini joylashtirish uchun 70 ta elektron monitor bepul ajratildi.

 O‘zR MSK tomonidan tenglikka rioya qilgan holda siyosiy partiyalarga tashqi reklama vositalari va elektron monitorlarni bepul ajratish amaliyoti partiya va nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqoti tadbirlarining o‘xshashligi va bir xilligiga sabab bo‘lmoqda.

Navbatdagi saylovlarda ushbu amaliyotdan voz kechish orqali saylovoldi tashviqotining xilma-xilligiga imkon yaratish.