
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2020 yil 27 oktyabrdagi 70-15/16-sonli qaroriga asosan 2020 yil 29 noyabr kuni 20-Dasht saylov okrugida hamda xalq deputatlari Qarshi shahri, Dehqonobod, Qamashi va Mirishkor tumanlari Kengashlarining qarorlariga asosan 2020 yil 15 noyabr kuni 28-Dilkusho, 28-Oqqishloq, 9-Gulshan va 14-Ayzobod okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlarga saylovlarni o‘tkazish belgilandi.
Bugungi kunda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug va uchastka saylov komissiya raislari va a’zolari ishtirok etib, ularga saylovlarni Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan me’yorlarga muvofiq, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.