• eye Maxsus imkoniyatlar
Bihar shtatining Qonunchilik Majlisiga bo‘lib o‘tgan saylovlar onlayn rejimda kuzatildi
17.11.2020
1750
Joriy yilning 28 oktyabrdan 7 noyabrga qadar Bihar shtatining Qonunchilik Majlisi uchun 3 bosqichli umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28 oktyabrdan 7 noyabrga qadar Bihar shtatining Qonunchilik Majlisi uchun 3 bosqichli umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Saylov kampaniyasi davrida Hindiston saylov komissiyasi mamlakatda pandemiya sharoitida erkin, adolatli, oshkora va xavfsiz saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish maqsadida xalqaro virtual saylovlar dasturini taqdim etdi.

Unda Afg‘oniston, Avstraliya, Bangladesh, Kambodja, Indoneziya, Malavi, Maldiv orollari, Moldova, Mo‘g‘uliston, Nepal, Filippin, Ukraina, O‘zbekiston va Zambiya kabi  dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan saylov organlari vakillari ishtirok etdi. Ular uch kun davomida “Hindistondagi saylov jarayonlari” va “Hindiston saylov komissiyasining caylovchilarni tizimli o‘qitish va saylovlarda ishtirok etish dasturi”ga oid onlayn vebinarlarda qatnashdilar. Shuningdek, saylov uchastkalaridagi  ovoz berish jarayonlarini jonli efir orqali onlayn kuzatib bordilar.

Xindiston Markaziy saylov komisssiyasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Bihar shtati 72 milliondan ziyod saylovchiga ega. Saylovlarda 106 000 ta ovoz berish kabinalaridan foydalanildi.

Saylovchilar ro‘yxatiga jinsi, irqi, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan mamlakat fuqarolari kiritiladi. Saylovchilar ovoz berish uchun tegishli saylov okrugining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak.

Saylovlarda barcha saylov uchastkalari Hindiston saylov komissiyasining talablariga muvofiq elektron ovoz berish mashinalari bilan ta’minlandi. Mazkur qurilma ovoz berish jarayonlarida yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘lib, tashishda ham qulay.

Saylovda ishtirok etgan har bir ovoz beruvchining bir martalik ishtirokini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan. Unga ko‘ra saylovchilarning barmoqlariga maxsus “o‘chmaydigan” qora bo‘yoq surtiladi, u bir necha kun davomida barmoqlardan yuvilib ketmaydi.

Shu o‘rinda aytish joiz saylov uchastkalarida sanitariya-epidemiolggik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rilgan. Saylov uchastkalari va komissiya a’zolari va ovoz berishda ishtirok etuvchilarni shaxsiy himoya vositalari, antiseptik va boshqa vositalar bilan ta’minlangan.

Saylov natijalariga ko‘ra nomzodlar qonun chiqaruvchi organdagi 243 ta o‘rin uchun kurash olib bordi va Bihar shtatining Qonunchilik Majlisida  “Bxaratiya Djanata” Xindiston Xalq partiyasi (Bharatiya Janata) 74 ta, “Rashtriya Djanata Dal” Xindiston ijtimoiy konservativ siyosiy partiyasi  (Rashtriya Janata Dal) 75 ta, “Djanata Dal”  Xindiston siyosiy partiyasi (Janata Dal (United) 43 ta eng ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati