• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda
29.11.2020
1402
O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 29 noyabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga bo‘shab qolgan 10-Mirzacho‘l va 26-Yoshlik saylov okruglarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Saylovlarni o‘tkazishda saylovchilar va saylov tashkilotchilari kasallik yuqtirib olishining oldini olish maqsadida saylov tadbirlari sanitariya-epidemiologik va tibbiy nuqtai nazardan xavfsizlik talablariga to‘la amal qilgan holda amalga oshirildi.

Xususan, saylovlarga tayyorgarlik davomida  MSK qarori talablariga asosan saylovlar tashkilotchilari va qatnashchilarini Koronovirus kasalligini yuqtirib olishlarini oldini olish maqsadida sanitariya karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Barcha qatnashchilar himoya vositalari va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlandi.