Shu kuning o‘zida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 16-okrugi 114-saylov uchaskasida ham bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
Fuqarolarning sog‘lig‘i uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan hozirgi sharoit saylovlarni o‘tkazishda maxsus chora-tadbirlarni qabul qilish hamda yangi qonun qoidalarni joriy etishni taqozo etadi.
Shundan kelib chiqqan holda, Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan me’yorlar, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishga alohida eьtibor qaratilmoqda.
Jumladan, uchastka saylov komissiyasida saylovchilar va saylov tashkilotchilarini himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni kasallik yuqtirib olishini oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlar belgilangan.