Joriy yilning 26 fevral kuni Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasi Raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov kirish so‘zi bilan ochdi va Saylov kodeksining 78-moddasiga muvofiq eng obro‘-e’tiborli, tajribali, yoshi ulug‘ deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi to‘g‘risida taklif kiritdi.
Yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlar orasidan to‘qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda Sanoq komissiyasi saylandi.
Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni o‘tkazish tartibini e’lon qildi. Shundan so‘ng komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisi tekshirildi va bir marotaba ishlatiladigan plombalar bilan plombalandi.
Saylov yakunlaridan so‘ng, Sanoq komissiyasining hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, 6—Serob saylov okrugidan deputat, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Deputatlar ovoz berish natijalarini tasdiqladi. Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlis o‘z ishini yakunladi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati