• eye Maxsus imkoniyatlar
AQSH ELCHISI BILAN UCHRASHUV
05.03.2021
1554
Joriy yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyumning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa orqali tashkil etilgan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda USAIDning Demokratiya va boshqaruv masalalari bo‘yicha ofisi direktori Dana Bigan ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani va bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

AQSH ijtimoiy-siyosiy doiralari O‘zbekistonda barcha sohalarda, jumladan, milliy saylov tizimida sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni katta qiziqish va xayrixohlik bilan kuzatib bormoqda. Uchrashuvda O‘zbekistonning saylov tizimida so‘nggi yillarda tizimli ravishda ro‘yobga chiqarilayotgan muhim o‘zgarishlarga e’tibor qaratildi. Joriy yilning fevralida “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini umum e’tirof etilgan xalqaro demokratik standartlarga uyg‘unlashtirish orqali fuqarolarning saylovga oid huquqlarini yanada kengroq va to‘laroq ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu qonunning qabul qilinishida o‘tgan saylovlarda orttirilgan milliy tajriba hamda xalqaro kuzatuvchilar va xalqaro tashkilotlar, xususan, YHXT DIIHB Yakuniy hisobotida qayd etilgan tavsiyalari ham inobatga olingan.

AQSH elchisi O‘zbekistonda milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga yuksak baho berdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakatning saylov organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati