• eye Maxsus imkoniyatlar
Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylangan Manzura Salimovaga ko‘krak nishoni va guvohnoma topshirildi
10.03.2021
1487
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 fevral kuni Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Majlisning yashirin ovoz berish jarayonlari natijalariga ko‘ra,  2-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugi bo‘yicha xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda  31-Quva saylov okrugi bo‘yicha viloyat kengashi deputati, viloyat ona va bola skrining markazi direktori Manzura Salimova Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandilar.

Shu munosabat bilan, 10 mart kuni Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev tomonidan Oliy Majlis Senati a’zosi Manzura Salimovaga ko‘krak nishoni va guvohnoma topshirildi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati