• eye Maxsus imkoniyatlar
Qirg‘iz Respublikasining Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda
11.04.2021
1321
2021 yil 11 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.

2021 yil 11 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.

Qirg‘iz Respublikasida tuzilgan 2 435 ta saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari 8:00da boshlangan. Umimiy hisobda ovoz berish jarayonlari 2 483 ta saylov uchastkasida bo‘lib o‘tmoqda.

Ovoz berish jarayonlarini O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari  xalqaro tashkilotlar tarkibida ham kuzatuvchi sifatida qatnashmoqdalar.

Soat 18:00 holatiga saylovda ishtirok etganlarning umumiy soni   1 024 891  nafarni tashkil etmoqda.

Ovoz berish jarayonlari soat 20:00 gacha davom etadi.