Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yilning 3 mayda Xalqaro matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan. Mazkur sana, butun dunyoda bo‘lgani kabi, mamlakatimizda ham nishonlanadi.
Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga e’tibor tobora oshmoqda.
Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari va jurnalistlarni 3 may –Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan samimiy tabriklab, ijodiga baraka va rivoj tilaymiz.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati