• eye Maxsus imkoniyatlar
BMT Taraqqiyot dasturi Muvofiqlashtiruvchi kengashi ishtirokidagi uchrashuv
07.05.2021
1638
7 may kuni Markaziy saylov komissiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorlikdagi O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash loyihasining boshqaruv qo‘mitasining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

7 may kuni Markaziy saylov komissiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorlikdagi O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash loyihasining boshqaruv qo‘mitasining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda MSK raisi Z.Nizamxodjayev, rais o‘rinbosari B.Qo‘chqorov, MSK a’zosi G.Rahimova, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili X.Freyzer, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili M.Dimovska, Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi O. Shav,  shuningdek loyiha doirasidagi hamkor tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar elchixonalari vakillari ishtirok etdi.

MSK raisi Z.Nizamxodjayev BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek hamkorlikka qiziqish bildirayotgan xorijiy mamlakatlar elchixonalari  va xalqaro tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirdi. Joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlarda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining ham hissasi borligini ta’kidladi.

Tadbir davomida joriy yilning 8 fevralida “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining tavsiyalarini amalga oshirish borasida ko‘rilgan muhim ishlardan biri bo‘lgani qayd etildi. Ushbu qonun bilan Konstitusiyaga, shuningdek DIIHBning maqbul  tavsiyalarini inobatga olgan holda, Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilgani ta’kidlandi.

MSK raisi B. Qo‘chqorov “2021 yilgi saylovlarga tayyorgarlik: rejalarni belgilash, pandemiya sharoitida saylovlarni o‘tkazish, asosiy saylovoldi tadbirlari” mavzusidagi taqdimoti davomida o‘tgan parlament saylovlaridan keyingi saboqlar va halqaro kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar tahlili natijalari asosida joriy yildagi saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar dasturi ishlab chiqilgani va MSK tomonidan tasdiqlanganini qayd etdi.

BMT Taraqqiyot dasturi bosh maslahatchisi G.Baratashvili 2021 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkor tashkilotlar tomonidan olib boriladigan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Takidlanganidek, saylovlarga tayyorgarlik davomida ommaviy axborot vositalari uchun saylovni yoritish, saylovda ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishtirokini ta’minlash, saylov komissiyalari xodimlarini o‘qitishga qaratilgan treninglarni tashkil etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va saylovlar bo‘yicha tajriba almashish maqsadida milliy saylov qonunchiligi va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik va aloqalarning mustahkamlanishidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati