• eye Maxsus imkoniyatlar
MSK a’zosi G.Ismailovaning Belgiya davlatiga tashrifi yuzasidan
10.09.2021
1894
Joriy yilning 31-avgust - 4-sentabr kunlari Markaziy saylov komissiyasi a’zosi G.Ismailova amaliy tashrif bilan Belgiya davlatida bo‘lib qaytdi.

Tashrif doirasida Komissiya a’zosi bir qator tadbirlarda xususan,  O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv, Yevropa Ittifoqidagi Gessen Vakilligi Forumi doirasidagi “Ayollar yetakchiligining Yevropa xalqaro mukofoti” bilan taqdirlash marosimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik yuzasidan Bryusselda tashkil etilgan brifingda qatnashdi. 


O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Benilyuks mamlakatlarida yashovchi vatandoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, bo‘lajak saylovlar va ularning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 

Qayd etilganidek, Benilyuks mamlakatlarida yashovchi barcha vatandoshlarmizning Prezident saylovida ishtiroki uchun ham barcha zarur sharoitlar yartiladi va ular o‘z hohish-irodasini emin-erkin ifoda etish imkoniga ega bo‘ladilar.  

Gulnoza Ismoilova shuningdek, Bryusseldagi Hessen shtatida (Germaniya) bo‘lib o‘tgan Yevropa xalqaro ayollar yetakchiligi forumida ishtirok etdi va forum doirasida “Yevropa xalqaro ayollar yetakchiligi” mukofoti bilan taqdirlandi. Taьkidlash kerakki, Komissiya a’zosi mamlakatimizda gender tengligi va demokratik jarayonlar doirasida qilinayotgan ishlar uchun e’tirof etildi. 


Yevropa Ittifoqining mazkur mukofoti jahonning barcha davlatlaridan ishbilarmon, bilimli va faol ayollarni taqdirlash va ularni mehnatini dunyo hamjamiyatiga tanishtirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.


Belgiya davlatiga amalga oshirilgan tashrif haqida batafsil ma’lumotlar www.frankcreations.org axborot-tahliliy portali tomonidan tayyorlangan Gulnoza Ismoilova ishtirokidagi maxsus intervyuda o‘z aksini topgan. 

Markaziy saylov komissiyasi 
Matbuot xizmati