Xalqaro kuzatuvchilar okrug saylov komissiyalarining tarkibi, faoliyati, nomzodlarning saylovoldi tashviqoti tadbirlari, ularga qonunchilik talablari asosida teng sharoitlar yaratib berish masalalari hamda saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati bilan qiziqdi.
8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi raisi Jamshidxon Nuritdinov mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari va olib borilayotgan ishlar haqida batafsil so‘zlab berdi.
– O‘zbekistonda o‘tayotgan saylovoldi tayyorgarlik ishlari va saylov jarayonini kuzatishda birinchi marta ishtirok etayapman, – deydi Benedikt Konteman xonim. – Prezident saylovi saylov Kodeksi asosida tashkil etilayotgani O‘zbekistonda saylov tizimining ochiq, oshkora va demokratik tamoyillarga to‘la mos kelishini ko‘rsatadi. – Qadimiy Sirdaryo daryosi haqida ko‘p eshitgan edim. Safarimiz davomida ushbu daryoni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib mamnun bo‘ldim.