Uchrashuvda viloyat gazetalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlarining yoritilishi, saylovoldi tashviqoti uchun nomzodlarga ajratilgan bepul bosma maydonidan foydalanish holati haqida ma’lumot berildi.
Kuzatuvchilar tahririyatlar moddiy-texnika bazasi, 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi matbuot markazi va viloyatdagi ommaviy axborot vositalarining hamkorligi bilan ham qiziqdi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar viloyat matbuoti tarixi muzeyini tomosha qildi.