• eye Maxsus imkoniyatlar
Malayziyada tahsil olayotgan vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etadi
06.10.2021
788
Mamlakatimiz elchixonasida Malayziyaning Sayberjaya shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda Limkokving va Sayberjaya universitetlarida o‘qiyotgan faol o‘zbek talabalari qatnashdi.

Uchrashuvda davlat rahbarligiga nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari hamda milliy saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar xaqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yigit-qizlarga elchixona huzuridagi 25-saylov uchastkasining ish faoliyati va ushbu saylovda qatnashish tartibi tushuntirildi.

Yosh vatandoshlar mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan ushbu siyosiy tadbirni diplomatiya vakolatxonasi veb-sayti, Facebook va Instagram rasmiy sahifalari hamda respublika OAVlari orqali kuzatib borishga, ularni saylovchilar ruyxatiga kiritish imkonini beruvchi https://saylov.mfa.uz/ veb-saytidan foydalanishga va bo‘lajak saylovda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Tadbir yakunida vatandosh talabalar mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibordan mamnunligini va O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etishini bildirdi.