Uchrashuv davomida mexmonlarga O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, saylovchilar, saylov tashkilotchilari hamda siyosiy partiyalarga saylov jarayonida erkin ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidenti saylovi umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va huquqiy normalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillari akkreditasiyadan o‘tkazildi.
Qayd etish joiz, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ekspertlari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.
Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari, unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Omer Kojaman O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish va saylov jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati uchun minnatdorlik izhor etdi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati