• eye Maxsus imkoniyatlar
Xalqaro kuzatuvchilarning tashrifiga doir
23.10.2021
1473
Mamlakatimizga Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi va Belarusiya va Rossiya Ittifoqi Parlament Assambleyasi vakillari tashrif buyurdi.

23-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Belarus Respublikasi Milliy Majlisining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Rachkov Sergey Anatolyevich va Belarusiya va Rossiya Ittifoqi Parlament Assambleyasi ijrochi kotibining o‘rinbosari Ivanes Vadim Viktorovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xaqida so‘z bordi. Ta’kidlanganidek, saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov tomonidan qayd etilganidek, YeXHT DIIHB ning hozirgi kunda uzoq muddatli, qisqa muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizda saylovlarni kuzatib bormoqda. Bundan tashqari YeXHT PA missiyasi ham sayovlarni kuzatish uchun yetib kelgan. Tashkilot rahbari Matteo Mekkachchi janoblari ham saylovlarni kuzatish uchun hozir O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Biz barcha xorijiy hamkorlarimizga saylovlarni kuzatish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berganmiz. Xorijiy tashkilotlardan tashqari siyosiy partiyalarning va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ham mahalliy kuzatuvchilarimiz bor. Har bir partiyadan, har bir saylov uchastkasi uchun bir nafardan kuzatuvchilari biriktirilgan.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Rachkov Sergey Anatolyevich:

-“Mamlakatingizga kelishimiz bilan dastlabki daqiqalardan bizni saylov qonunchiligi va saylov jarayonlari to‘g‘risida kerakli materiallar bilan, qonunchilik bilan tanishtirishdi. Biz MDHning saylovlarni kuzatish metodologiyasi bo‘yicha saylovlarni kuzatib boramiz. Bizning asosiy maqsadimiz saylov jarayonlarining O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga qanchalik amal qilishini kuzatib borish va xulosalar berish. Fuqarolarning siyosiy faolligi, saylov jarayonlariga befarq emasligini mamlakatingizga kelganimizdan his qildik. Bo‘lajak saylovda sizlarga muvaffaqiyat tilaymiz”.

Mexmonlar Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini  ijobiy baholadi.  Uchrashuv jonli muloqot va o‘zaro ko‘tarinki ruhda o‘tdi.