• eye Maxsus imkoniyatlar
Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Sariya Saburskaya
23.11.2021
1838

"Men ko‘zdan kechirgan saylov uchastkalarining barchasida hamma sharoitlarning yaratilganiga guvoh bo‘ldim. Saylov uchastkalarining xar bir a’zosi saylovchilarga nisbatan iliq va ochiq munosabatda ekanliklari ularning yuzlaridan sezilib turibti. Meni quvontirgan jixatlardan yana biri, saylovda yoshlarning keng ishtiroki bo‘ldi. Demak yoshlar yurtining kelajagi va taqdiriga befarq emas.

Shuningdek, saylov uchastkasiga kelganlar bilan bir qatorda betob bo‘lib qolganlar uchun ham ko‘chma saylov qutilari xizmati ko‘rsatilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga muayyan sharoitlar yaratilgani, elektron saylovchilar ro‘yxatining mavjudligi, saylov bo‘yicha mobil telefonlarga SMS xabarlari kelib turgani hamda saylov jarayonlarini OAVda keng va ochiq yoritilganini kuzatdim".