• eye Maxsus imkoniyatlar
2022-yil Yevropa mamlakatlarida bo’lib o’tadigan saylovlar (1-qism)
18.01.2022
789
23-yanvar kuni Shimoliy Kiprda parlament saylovi bo’lib o’tadi. Shimoliy Kiprdagi ushbu saylov muddatidan oldin o’tkazilmoqda. Avvalgi saylov 2021-yil noyabr oyida o’tkazilgan edi. O’tgan saylovda Milliy birlik partiyasi g’olib bo’lib, amaldagi Bosh Vazir Faiz Sachio’g’lu hukumati tuzilgan edi. 

Shimoliy Kipr

Portugaliya

30-yanvar kuni Portugaliya Milliy Assambleyasi uchun saylovlar bo’lib o’tadi. Nomzodlar parlamentdagi 230 o’rin uchun kurashadilar. Saylovda g’olib bo’lish hamda hukumat tarkibini shakllantirish uchun partiyalar eng kamida 116 ta o’rinni egallashi kerak. Portugaliya parlament saylovi muddatidan oldin bo’lib o’tmoqda. 2021-yilning 27-oktabr sanasida davlat budjeti parlament tomonidan tasdiqlanmagach prezident Marselo Rebelo de Sousa parlamentni tarqatish hamda muddatidan oldin saylov o’tkazishga qaror qilgan edi. 

Germaniya

2022-yilda Germaniya Federativ Respublikasida bir qator saylovlar bo’lib o’tadi. Jumladan 27-martda Saarland, 8-mayda Shelvig-Golsten, 15-mayda Shimoliy Reyn-Vestfaliya hamda 9-oktabrda Quyi Saksoniyada Landtag uchun saylovlar bo’lib o’tadi. Landtag a’zolari 5 yil muddatga saylanadi.

Vengriya

3-aprel sanasida Vengriya parlamenti saylovi hamda referendum bo’lib o’tadi. Nomzodlar parlamentdagi 199 o’rin uchun kurashadilar. Saylovda g’olib bo’lish hamda hukumat tarkibini shakllantirish uchun davogar partiya eng kamida 100 ta o’ringa bo’lishi kerak. 

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi