Katalin Novak Vengriya tarixidagi ilk ayol prezident bo’ldi. Parlamentda 199 nafar deputatdan 137 nafari Katalin Novakni yoqlab ovoz berishdi. Saylovda K.Novakning asosiy raqibi 80 yoshli iqtisodchi Peter Rona bo’ldi.
Vengriyada prezident parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. K.Novakka qadar mamlakatni 2012-yil saylangan Yanosh Ader boshqarib kelgan.