• eye Maxsus imkoniyatlar
Aprel oyida oʻtkaziladigan saylovlar
01.04.2022
778
2022-yil aprel oyida xalqaro maydonda oʻtkaziladigan saylovlar haqida maʼlumot:

Serbiya umummilliy saylovi 2022-yil 3-aprel

Serbiyada prezident va Milliy assambleya aʼzolarini saylash uchun umumiy saylovlar boʻlib oʻtadi. Dastlab parlament saylovlari 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, 2020-yil oktabr oyida prezident Aleksandr Vuchich navbatdan tashqari parlament saylovlari 2022-yilning aprelida yoki undan oldin oʻtkazilishini maʼlum qildi. Umumiy saylovlardan tashqari, mahalliy saylovlar bir vaqtning oʻzida 12 ta munitsipalitet va 2 ta shaharda, jumladan Belgradda ham oʻtkaziladi.

Vengriya parlament saylovi 2022-yil 3-aprel

Vengriya parlamenti saylovi hamda referendum boʻlib oʻtadi. Nomzodlar parlamentdagi 199 oʻrin uchun kurashadilar. Saylovda gʻolib boʻlish hamda hukumat tarkibini shakllantirish uchun daʼvogar partiya eng kamida 100 ta oʻringa boʻlishi kerak.

Gambiya parlament saylovi 2022-yil 9-aprel

Milliy Assambleyaning 53 nafar aʼzosi bir mandatli saylov okruglaridan birinchi navbatdagi ovoz berish yoʻli bilan saylangan 48 nafar aʼzo va besh nafar tayinlangan aʼzodan iborat.

Fransiya prezident saylovi 2022-yil aprel

Fransiyada 2022-yilgi prezidentlik saylovining birinchi bosqichi 2022-yil 10-aprelda boʻlib oʻtadi. Agar birinchi turda hech bir nomzod koʻpchilik ovozni qoʻlga kirita olmasa, eng yaxshi ikki nomzod oʻrtasida 2022-yil 24-aprelda ikkinchi tur oʻtkaziladi.

Sloveniya parlament saylovi 2022-yil 24-aprel

Sloveniya milliy assambleyasining 90 nafar vakili 2 xil saylov tizimi yordamida saylanadi. 88 nafar oʻringa siyosiy partiyalar ochiq roʻyxat orqali nomzodlarni taklif etadilar. Eng koʻp ovoz olgan nomzod gʻolib boʻladi. Qolgan ikki vakil etnik ozchilikni tashkil etuvchi millatlardan saylanadi.