• eye Maxsus imkoniyatlar
Shahboz Sharif Pokiston Bosh vaziri lavozimiga saylandi
12.04.2022
646
Pokiston parlamenti sobiq Bosh vazir Imron Xonga ishonchsizlik votumi eʼlon qilgach 11-aprel dushanba kuni parlamentda Bosh vazir saylovi boʻlib oʻtdi.

Saylovda deputatlar Pokiston Musulmonlar Ligasi lideri Shahboz Sharifni Bosh vazirlikka saylashdi. 

Shahboz Sharif Pokiston hukumatini 2023-yilgacha boshqaradi. Amaldagi parlamentning vakolat muddati 2023-yil 13-avgustda tugaydi. Qonunchilikka koʻra Pokistonda umummilliy saylov 2023-yilning 12-oktabrigacha oʻtkazilishi kerak. 

Pokistonda Bosh vazir parlament tomonidan saylanadi. Parlament umumiy ovoz berish yoʻli bilan 342 deputatdan iborat tarkibda saylandi. Shundan 266 nafari mamlakat boʻylab mojaritar tizimda saylandi. Parlamentda oʻrinlarning 60 tasi ayollar uchun, 10 tasi milliy ozchilik uchun alohida ajratilgan. Alohida ajratilgan oʻrinlar proporsional tarzda saylanadi.