• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi
29.04.2022
670
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Farmoyishiga asosan Murodilla Muhammadaminovich Alimbayev Markaziy saylov komissiyasi Raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Murodilla Alimbayev shu vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.