• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi vakili Filippinga boradi
06.05.2022
633
Markaziy saylov komissiyasi Raisi o’rinbosari B.Kuchkarov 7-may kuni Filippinda o’tkaziladigan Osiyo mamlakatlari saylov komissiyalari Assotsiatsiyasining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etadi.

Ushbu yig’ilishda Assotsiatsiya raisligini Filippin saylov komissiyasidan Rossiya Federatsiyasi MSKga o’tkazish, global pandemiya davrida saylovlarni tashkillashtirish, saylov jarayonlarini boshqarishda zamonaviy menejment texnologiyalarini ko’rib chiqish hamda Assotsiatsiyaning 2022-2023-yillarga rejalashtirgan ish rejasini tasdiqlash masalalari ko’rib chiqiladi. 

Yig’ilishda Assotsiatsiya rahbariy organlarini saylash masalasi ham kiritilgan bo’lib, unda Assotsiatsiya Raisi, rais o’rinbosari va 5 ta to’liq huquqli a’zolari saylandi. Assotsiatsiya nizomiga ko’ra (3.5.4-modda) hududiy-geografik mintaqalarning har biridan 2 nafardan vakil Assotsiatsiya a’zoligiga saylandi. Assotsiatsiya rahbariy organining vakolat muddati 2 yil. 

Shuningdek MSK Rais o’rinbosari 9 may kuni Filippinda o’tkazilishi rejalashtirilgan Filippin Umummilliy saylovini ham kuzatadi. Filippinlik 65.7 million saylovchi keyingi 6 yillik uchun mamlakat rahbarlarini saylaydi. 

Filippin Umummilliy saylovlarida saylovchilar: Prezident, vitse-prezident, senatorlar, vakillar uyi a’zolari, gubernator, vitse-gubernator, Kengash a’zoligi, shahar hokimi, vitse-shahar hokimi, Mahalliy Kengash maslahatchilari va proporsional tartibda partiyalarga ovoz beradilar.