• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi
30.05.2022
494
31-may soat 11:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi

Majlis kun tartibidan Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi va mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini manzilli o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan.

Mazkur majlisda ishtirok etish istagida bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillarini bugun, soat 17:00 ga qadar quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so'raymiz.