• eye Maxsus imkoniyatlar
Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!
11.07.2022
720
Davlatimiz rahbarining shu yil 1-iyuldagi qaroriga binoan bugun Qurbon hayit (Iyd al-Adha) mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muborak ayyom bilan samimiy tabriklaymiz.

Ushbu sahovatli kunlarda Yaratgandan avvalo, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, barchangizga oilaviy baxt, mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oʻqish va ishlaringizga ravnaq ato etishini tilaymiz.

Xalqimizning qadimiy va betakror bayramlaridan biri boʻlgan muborak Qurbon hayitining zamirida inson qadriga ulkan ehtirom, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat singari anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etishdek ezgu amallar mujassam. Bu foniy dunyoda insondan qoladigan eng savobli ish – yaxshilikdir.

Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin!

Markaziy saylov komissiyasi