Qator yetakchi xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan ushbu virtual munozara chogʻida kelgusida saylovlar daxlsizligini himoya qilish, saylov jarayonlariga jamoatchilikning hurmatini oshirish, tahdidlarning oldini olish, saylov organlari koʻmagida jamoatchilikning saylov jarayonlariga boʻlgan ishonchini kuchaytirish kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, vebinarda adolatli, ochiq-oshkoralik prinsiplariga asoslangan saylovlarni tashkil etishda zamonaviy va samarador tendensiyalarni qoʻllash usullari koʻrib chiqildi.