• eye Maxsus imkoniyatlar
Hindistonda prezident saylovi bo'lib o'tmoqda
18.07.2022
427
Hindistonning amaldagi prezidenti Ram Nat Kovindning vakolat muddati 24-iyulda tugaydi.

Bugun mahalliy vaqt bilan 10:00 dan boshlab barcha darajadagi deputatlar (jami 4800 nafar) Hindistonning yangi 15-prezidentini saylaydilar. 

Hindiston saylov qonunchiligiga ko'ra prezident 5 yil muddatga saylanadi. Ram Nat Kumar 2017-yilgi saylovda 65 foiz ovoz olgan. 

Bu yil saylovda Drapadi Murmu hamda Yashvant Sinha nomzodlari prezidentlik o'rni uchun kurashmoqda.