• eye Maxsus imkoniyatlar
Xalqaro yangiliklar dayjesti
19.07.2022
537
Saylov jarayonlariga oid xorijda sodir bo'lgan muhim yangiliklar dayjesti

Hindistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Hindistonning amaldagi prezidenti Ram Nat Kovindning vakolat muddati 24-iyulda tugaydi.

Bugun mahalliy vaqt bilan 10:00 dan boshlab barcha darajadagi deputatlar (jami 4800 nafar) Hindistonning yangi 16-prezidentini saylaydilar. Ma’lumotlarga ko‘ra Uttar-Pradesh shtati deputatlari nomzodlar uchun ovoz berib bo‘ldilar.

Hindiston saylov qonunchiligiga ko‘ra, prezident 5 yil muddatga saylanadi. Ram Nat Kumar 2017-yilgi saylovlarda 65 foiz ovoz olgan.

Bu yil saylovda Drapadi Murmu hamda Yashvant Sinha nomzodlari prezidentlik o‘rni uchun kurashmoqda.

Rossiyada mahalliy saylovlar

Rossiya Federasiyasida 2022-yilning 11-sentabr sanasida saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilandi. Saylovda 15 ta viloyat gubernatori hamda 6 ta viloyat mahalliy kengashi deputatligi uchun ovoz berish belgilangan. Saylangan gubernatorlar 2023-yilning iyun oyiga qadar hokimiyatda qolishadi.

FiveSirtyEight agentligi AQSH Senati saylovlarining tahminiy natijalarini e’lon qildi

Qizil rangda belgilangan shtatlarda respublikachilarning g‘alaba qozonish ehtimoli 60 % dan yuqori. Ko‘k rang bilan belgilangan shtatlarda demokratlarning g‘alaba qozinish ehtimoli yuqori. Sariq rangli shtatlarda har ikkala partiyaning ovoz olish ehtimoli 40% ni ko‘rsatmoqda.

Raila Odinga speaks to supporters on a stage

Keniyada saylovlar oldidan tartibsizliklar kuchaydi

Keniyada avgust oyida prezident saylovi bo‘lishi kutilmoqda. Saylov oldidan oppozisiya tomonidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirilmoqda. Azaldan Keniyada etnik ozchilik guruhlarning ehtiroslari orqali tartibsizliklar keltirib chiqarishgan. 2007-yil prezident saylovida, tartibsizliklar natijasida 1000 kishi qurbon bo‘lgan. Ommaviy tartibsizliklarga chaqiruvchi videolar TikTok platformasi orqali yashin tezligida tarqalmoqda. Guardian nashri tadqiqotlariga ko‘ra #siasa #siasazakeya heshteglari orqali yuklangan videolar 20 milliondan ortiq ko‘rilgan.

Isroilda saylovlar

Isroilda so‘ngi 4 yil ichida 5 marta saylov bo‘lib o‘tdi. Amaldagi Bosh vazir Benyamin Netanyahuning partiyasi Isroil parlamentida 34 o‘ringa ega. Shunga ko‘ra Netanyahuning bu saylovda ham g‘alaba qozonishi ekspertlar tomonidan tahmin qilinmoqda.

Performers in traditional costumes and headdress welcome ministers and delegates for the 30th Asia-Pacific Economic Cooperation (APEC) ministerial meeting in Port Moresby in 2018.

Papua Yangi Gvineyada saylov

4-iyul sanasida Papua Yangi Gvineyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Parlamentga 118 kishi saylangan. Jami nomzodlar soni 2 351 kishini tashkil etgan. Mamlakatda 9 million saylovchi mavjud. Nomzodlar James Marape va Piter O'Nell bo‘lgan.

Britaniya Jonson bilan xayrlashmoqda

Birlashgan Qirollik Bosh Vaziri Boris Jonson pandemiya vaqtida o‘tkazgan ziyofati tufayli iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Iyul oyida Jonson o‘z kabinetini tarqatganini e’lon qilgach, mamlakat yangi saylovga tayyorlana boshladi. Hozirgi kunda "toriylar" ilgari surayotgan istiqboldagi nomzod Rishi Sunak. Rishi Sunak dastlabki ovoz berishlarga ko‘ra 101 ta qo‘llovga erishgan. "Rishi Sunak Britaniya tarixida ilk qora tanli hamda 250 yil ichida birinchi marta yosh Bosh vazir bo‘ladi", - deyishmoqda mutaxassislar.

Rishi Sunak kim?

Rishi Sunak 1980-yil 12-mayda tavallud topgan. Parlament a’zosi. Konservativ partiya ilgari surayotgan lider. Sautgemptonda asli kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan oilada tavallud topgan. Sunak mutaxassisligi bo‘yicha faylasuf, siyosatchi va iqtisodchi. Linkoln kolleji, Vinchester kolleji va Oksford universitetlarini tamomlagan. Fulbrayt dasturi bo‘yicha Stenford universitetida tahsil olgan. Stenfordda tahsil olayotgan kezlari xotini Akshata Mortiy bilan tanishgan. Akshata Mortiy hindistonlik mashxur milliarder Narayan Mortiyning qizi.

Rishi Sunak Britaniyaning eng boy odamlari reytingida 222-o‘rinda turadi. Uning boyligi 730 million funt sterling.

Tereza Meyning ikkinchi hukumatida g‘aznachilik bosh kotibi bo‘lib ishlagan. 2015-yil Richmond shtatidan parlamentga saylangan. Pandemiya qoidalarini buzganligi uchun 2022-yil jazolangan. Uning asosiy boyligi venchur firmalardan bo‘lib, qaynotasi milliarder Narayan Mortiy bilan hamkorlik qiladi.