• eye Maxsus imkoniyatlar
Draupadi Murmur Hindistonning 15-prezidenti etib saylandi
22.07.2022
497
Droupadi Murmur 64.03 foiz ovoz bilan saylovda g'alaba qozondi. Amaldagi prezident Ram Nat Sinkhning vakolat muddati 25-iyul kuni tugaydi. Shu kunda Droupadi Murmur prezidentlik lavozimiga kirishadi.

Droupadi Murmur nomzodini "Bharatiya Janata Party" partiyasi Milliy Demokratik Alyansdan ilgari surdi. D.Murmur nomzodini mamlakatning bir nechta muxolif partiyalari ham qo'llab-quvvatlaganligi uning saylovlardagi g'alabasini ta'minladi.

D.Murmur 1958-yil 20-iyunda Odisha shtatida tug'ilgan. 3 farzandning onasi. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi o'qituvchi. Siyosiy maydonga Odisha shtati Qonunchilik Assambleyasi a'zosi sifatida 2000-yillarda kirib kelgan.  

Foto: Deutsche Welle