Qashqadaryo viloyati teatr binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.
Saylov to'g'ridan to'g'ri, teng va yashirin ovoz berish yo'li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko'ra Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Oliy Majlis Senati a'zoligiga saylandi.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati